O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tumanining 2-sektorida joylashgan Tozaurug‘ mahallasidagi 16-sonli maktabda yoshlar, yuqori sinflar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida tuman prokurori o‘rinbosari D.Abdurasulov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlashib o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
Tadbir yakunida g‘oliblar tuman prokuraturasining sovg‘alari bilan taqdirlandi.