Zarbdor tuman Adliya bo‘limiga biriktirilgan 21 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan Zarbdor tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markaziga va FXDYO organlari xodimlari faoliyati bo‘yicha davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar sohasiga doir qonunchilik va ulardagi yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Yoshlar ekskursiya yakunida o‘zlarining adliya organlarida ishlashga bo‘lgan qiziqishlari paydo bo‘lganligini bildirib, viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.