Bugun tuman hokimi Z.Ruziyev va tuman prokurori R.Masharipov 2-sektor hududidagi Lalmikor va Oqbuloq MFY yoshlari bilan uchrashdi. Dastlab, mahalla yettiligi faoliyatini va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ishsiz yoshlarga o'zlari uchun qulay bo'lgan yerlardan ajratib berish va shu orqali oilaviy daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratish yuzasidan topshiriqlar berildi.