Tuman hokimi, O'zbekiston mahallalar uyushmasi Zarbdor bo'limi rahbari 4-sektor hududidagi “Sh.Yulduzi MFY mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Dastlab, tuman hokimi mahallalar yettiligi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va bu boradagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ishsiz yoshlarga yer ajratib berish va shu orqali oilaviy daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratish yuzasidan topshiriqlar berildi.