Zarbdor tumanida Prezidentimizning 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muxtarama ayollarimizga yo'llagan bayram tabrigi hamda Murojaatining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan "Ezgulik-shiorimiz, Ma'rifat-qurolimiz!" shiori ostida "Ma'rifatli ayol" ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida ko'p yillar fermerlik faoliyati bilan shug'ullangan, 8 nafar qizni voyaga yetkazib, ularni oliy ma'lumotli qilib, uyli-joyli qilgan, tumanning eng faol ayollaridan biri Zulayho Sattarova "Ma'naviyat fidoiysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbirga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist To'shpolat Matkarimovlar ishtirok etib tadbir qatnashchilariga ko'tarinkilik ulashdi.