22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Zarbdor tumanidagi Navoiy mahallasining ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston mahallar uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari M.Anorboyev, Zarbdor tuman hokimi Z.Ruziyev, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etib, barcha mahalla xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida tumandagi barcha mahalla xodimlari, nuroniylar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi.