Joriy yilning 17-23 mart kunlari Qashqadaryo viloyatida sportning stol tennisi turi bo‘yicha U-19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi tumanimizdagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Yarkulova Shaxzoda Anvar qizi ushbu musobaqada yakkalik bahslarda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medal sohibi bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba bilan Shaxzodaning ota-onasini va maktab jamoasini tabriklaymiz.