Bugun tuman hokimi Zafar Ruziyev, sektor rahbarlari va O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi rahbari tumanning 2-sektoriga qarashli Taraqqiyot MFYda aholi tomorqalarini ko'zdan kechirib, ularning yerlardan qay yo'sinda foydalanayotganliklari bilan tanishdi.
Tuman rahbari aholi tomorqalarini ko'zdan kechirar ekan, xonadon egalari bilan suhbatlashib har qarich yerdan unumli foydalanish zarurligi xususida ko'rsatma va tavsiyalar berdi. Shuningdek, tomorqa nafaqat daromad manbai, balki oila a'zolarining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.