Joriy yil 2 fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning vakolatlarini kengaytirish, ularning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega hujjat bo‘ldi.
Xususan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining xalq deputatlari Kengashlari oldidagi hisobdorligi va mas’uliyatini oshirish maqsadida mahalliy vakillik organlariga 10 dan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi.
Ta’kidlash joizki, mahalliy Kengashlarning ushbu vakolatlarini amalga oshirishda deputatlar va kotibiyat xodimlaridan mustahkam siyosiy-huquqiy bilimlar talab etiladi.
Farmonda ushbu masalaga ham e’tibor qaratilgan, mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan o‘quvlarni tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Bu borada amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida Yangi O‘zbekiston mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati yangi bosqichga olib chiqiladi.
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi raisi