Zarbdor tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida, sportning futbol va mini-futbol turlari bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogiga start berildi. Tadbirda tuman hokimi Z.Ruziyev, DXX Paxtakor tuman bo‘limi mas’ul rahbar xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va tumanning 24 ta mahallasidan tashrif buyurgan yoshlar futbol jamoalari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Zafar Ruziyev tuman yoshlariga futbol musobaqalarida omad tiladi.