O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar muhokama qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi. (https://t.me/muslimuzportal/37236)