Prezidentimizning aholini daromadli qilish, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini joylarda ta'minlash maqsadida tuman hokimi Z.Ruziyev boshchiligida Sharq yulduzi MFYda sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” hamda hududga biriktirilgan vakillar tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar o'tkazib, tomorqa egalariga zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqdalar.
Shuningdek, aholiga tomorqachilik - nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham yetakchi sohalardan biri ekani ta'kidlanib, aholiga ushbu sohada kredit va subsidiyalar ajratish yuzasidan tushuncha va takliflar berilmoqda.