Donishmand xalqimiz “Yerni boqsang, yer seni boqadi”, degan maqolni bejiz aytmagan. Mamlakatimizda aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan unumli foydalanishni targ‘ib etishga qaratilayotgan alohida e’tibor zamirida ham har bir oila taqdiriga qayg‘urish hissi yotibdi.
Tomorqada qilingan ozgina mehnat va hafsala ham qo‘shimcha daromadga, ham farovon yashashga zamin hozirlashini bugun katta-yu kichik anglab yetdi.
Bugun tumanimizdagi barcha mahallalarda aholi o‘z tomorqasidan samarali foydalanib kelmoqda.