O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023 y. PF-82-son "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda tumanimiz aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustivor vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Zarbdor tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida tumanda 6 ta hudud va 12 ta uchastkalarga vacancy.argos.uz orqali tanlovlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan va ijtimoiy xodim lavozimiga ishga qabul qilingan 12 nafar xodimlarni tuman faollari va mahalla yettiligiga tanishtirildi.
Endilikda ijtimoiy xodimlar o‘zlariga biriktirilgan uchastkalarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar, oilalarda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolarini yengib o‘tishga hamda jamiyatda boshqa shaxslar bilan teng imkoniyatlardan foydalanishiga shart – sharoit yaratishga qaratilgan ish va xizmatlarni ko‘rsatadi.