Respublika mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston mahallalar uyushmasi raisining 2024-yil 26-apreldagi 4-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida tuman markaziy o'yingohida Botir Zokirov nomidagi milliy simfonik estrada orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsertda Oybek, Tinchlik, Mustaqillik, Oqbuloq mahallalar aholisi, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Orkestr tomonidan ijro etilgan o‘zbek estradasining eng yorqin namunalari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.