O'zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida joriy yilning 1-6-may kunlari sportning "Penchak Silat" turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati o'tkazildi.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Malayziya, Yaponiya, Rossiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Filippin, Vetnam va AQSH davlatlaridan sportchi yoshlar gʻoliblik uchun bellashdilar.
Musobaqada Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurobod MFY da istiqomat qiluvchi Hamidova Sarvinoz Sarvar qizi ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari musobaqada hakam sifatida ham ishtirok etib "Tashakkurnoma" bilan ham taqdirlandi. 2024 yil 1-6 may kunlari Samarqand shahrida Penchak silat sport turi bo‘yicha kattalar hamda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari faxrli 1-2-o‘rinni egalladilar. Chempionatda 1-o‘rin Sarvinoz Hamidovaga, 2-o‘rin Isoqov Azizjonga , 2-o‘rin Fazliddinov Bekzod Farhod o‘g‘liga nasib etdi.