“Tinchlik”, “A.Navoiy”, “Eski Bo‘ston” mahallalari aholisi ishtirok etgan qabul davomida fuqarolarning moddiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Ba’zi masalalarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.