Zarbdor tuman adliya bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va tuman IIB probatsiya guruhi bilan hamkorlikda Ravot MFYda joylashgan kasb-hunar maktabida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish orqali muammolarini hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tuman tashkilotlarida 53 ta bo‘sh va kvota ish o‘rinlari e’lon qilindi. Mehnat yarmarkasida 14 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan bo‘lsa, shundan 10 nafari bitiruvchi yoshlarni tashkil qiladi. 4 nafar yoshlar kasb-hunarga qayta o‘qitishga yuborildi.