Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Zarbdor tumanida viloyat Xalq qabulxonasi mudiri, viloyat prokurori rahbarligida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining navbatdagi birgalikdagi ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy qabulda, jami 98 ta murojaat kelib tushib, shundan 51 ta ijtimoiy masalalardagi murojaatlar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.
Kelib tushgan murojaatlarning asosiy mazmuni sud-tergov, sog‘liqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo‘ldi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish borasida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.