Jizzax viloyati hokimining o'rinbosari A.Savurboyev, DXX JIzzax viloyati boshqarmasi boshlig'i O.Boboyev, Jizzax viloyat IIB boshlig'i G'Qodirov, Zarbdor tuman hokimi Z.Ruziyev boshchiligidagi ishchi guruh Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarni otaliqqa olgan mas’ullar bilan muloqot o'tkazdi. Mazkur jarayonda ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o'qitish, turli ko'rik-tanlov va musobaqalar tashkil etish, faol yoshlarni rag'batlantirish, “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”ga oid davlat dasturini hayotga tatbiq etish masalalari ko'rib chiqildi.
O'z navbatida yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, nuqsonlarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.