Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun olib borgan oqilona siyosati tufayli bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻz samarasini berib kelmoqda.
Jizzax viloyatida ham Xitoylik tadbirkorlar tomonidan koʻplab ishlab chiqarish korxonalari bugungi kunda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Xitoylik ishbilarmonlar bilan viloyatimiz tadbirkorlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mazkur davlatdagi ilgʻor texnologiyalarni olib kirish yoʻli bilan aholi turmush sharoitini yaxshilash, viloyatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida viloyat hokimi E.Saliyev boshchiligida 25ga yaqin mutasaddi va tadbirkorlar mazkur davlatda amaliy tashrif bilan boʻlib turishibdi.