Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini jamoatchilikka tushuntirish bo’yicha keng targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish maqsadida “Mening mahallam – mening sudyam” g’oyasi asosida sayyor uchrashuvlar va va muloqotlar.
Prezidentning 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoniga muvofiq "Yuksak huquqiy madaniyat - mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual gʻoya asosida tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodхonligini oshirish, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. U "shaхs - oila - mahalla - ta’lim muassasasi - tashkilot - jamiyat" prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi quyidagilarni nazarda tutadi: oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
- notinchlik va zoʻravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumot yetkazish va ularning oldini olish;
- oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida inson huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari oʻquv kurslarini tashkil etish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga imtiyozlar va moddiy yordam berish masalalari boʻyicha aхborot-targʻibot ishlari va boshqalar;
davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
- “Huquqiy savodхonlik oyligi”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni oʻtkazish;
- huquqiy savodхonlikka oid minimal talablar boʻyicha oʻqitish va ularning huquqiy bilimlarini baholash va boshqalar;
aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
- “bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” loyihasi;
- nogironligi boʻlgan shaхslar uchun хayriya aksiyalari;
- murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli huquqiy targʻibot va boshqalar;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, OAVning rolini kuchaytirish:
- videoroliklar tasvirga olish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;
- aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy masalalar boʻyicha yechimlarni beruvchi portallarni huquqiy mavzudagi materiallar bilan boyitish;
- “Huquqiy aхborot” telegram kanali qamrovini kengaytirish va boshqalar;
yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish (yuridik oliy ta’lim muassasalari oʻquv dasturlariga “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar bilan ishlash” mavzusini kiritish; yuridik sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn хizmatlarni koʻrsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish.
“MENING MAHALLAM MENNG SUDYAM “ shiori ostida mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Jinoyat ishlari bo’yicha Zarbdor tumani sudining raisi Q.Mamaraximov tomonidan “Mening mahallam mening sudyam” shiori ostida Zarbdor tumanidagi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda sud raisi Q.Mamaraximov tomonidan Jinoyat sudlari faoliyati haqida fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari mahallada yashovchi fuqarolarga sud huquq sohasida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi kutilayotgan isloxotlar haqida maʼlumotlar berildi. Uchrashuvda fuqarolarning oʼzlarini qiziqtirgan savollarga sud raisi Q.Mamaraximov tomonidan atroflicha javob berildi.
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ishlari bo’yicha Zarbdor tuman sud raisi