O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha tuman (shahar)larda tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashuv muloqot tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 30-apreldagi 06/1-772-sonli topshirig‘iga muvofiq reja-jadval asosida joylarga chiqqan holda “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida uchrashuv-muloqotlarini tashkil etish choralarini ko‘rish va xotin-qizlarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari doirasida “Fayzli xonadon”, “Oilada farzand tarbiyasi” tadbirlarini tashkil etib borish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Zarbdor tumani hokimligida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda AT “Xalq banki” Jizzax viloyat mintaqaviy markazi xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Lobar G'aniyeva, Zarbdor tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saboxat Karimova, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi rahbari Baxtiyor Mamarasulovlar “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.
Tadbir so'nngida tadbirkorlik qilish istagidagi 11 nafar xotin-qizlarga Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.