2024-yil 5-iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.06.2019 yildagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli Farmonining ijrosi, Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larni yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qarori ijrosi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi tomonidan 2024 yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar, Zarbdor tumanining Zomin, Sh.Rashidov, Paxtakor tumanlari hamda Sirdaryo viloyati bilan ma’muriy-hududiy chegara chizig‘ini tasdiqlash, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.