Xususan, Zarbdor tuman prokurori R.Masharipov, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasi barcha xodimlari bilan suhbatlashdi.
Yig‘ilishda, tuman prokurori elektr energiya va tabiiy gaz ta’minotidan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tejash, tumandagi mavjud depitor qarzdorlikni kamaytirish, istemol jarayonidagi noqonuniy foydalanishga qarshi murosasiz kurashish hamda aholi orasida istemol qilingan elektr energiya va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borish mexanizmini shakllantirish kabi masalalar yuzasidan fikr va mulohozalar bildirdi.
Tuman elektr tarmoqlari va tuman gaz ta’minoti rahbarlarining qilingan ishlari va kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan hisobotlari tinglanib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, samarali va to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan taklif va topshiriqlarni berib o‘tdi.