Zarbdor tumani tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDYO boʻlimi tomonidan "Yoshlarni hayotga tayyorlash" o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Karimova, tuman Adliya bo'limi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov, FHDYO boʻlimi xodimi N.Abdullayeva, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori J.Ashurova va psixologlar taklif etildi.
Mashg‘ulotlarda oilaviy-huquqiy munosabatlari muhokama qilindi, shuningdek, reproduktiv salomatlik , oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida davra suhbati o'tkazildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rtaga tashlandi.
O’quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 40 nafardan ziyod yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi.