Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси ҳамкор вазирлик ва идоралар билан ҳамкорликда “Энг яхши ижтимоий ташаббус” республика кўрик-танловини эълон қилади:
Республика кўрик-танловда ижтимоий ташаббусларни қўллаб-қувватлашда юқори натижаларга эришган, жамият ривожи учун ташаббус кўрсатаётган, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламини қўллаб-қувватлаган, жумладан ёшларни касб-ҳунарга ўргатиш, уларнинг бандлигини таъминлаш, шунингдек ижтимоий соҳа муассасалари инфратузилмасини яхшилашда фаол иштирок этган туман (шаҳар) ҳокимликлари, давлат бошқаруви органлари, нодавлат ташкилотлар, тадбиркорлик субъектлари, жисмоний шахслар қатнашиши мумкин.
Кўрик-танлов қуйидаги 3 та босқичда ташкил этилади:
Биринчи босқич – туман (шаҳар) миқёсида август ойида.
Иккинчи босқич – вилоятлар миқёсида (биринчи босқич ғолиблари ўртасида) сентябрьойида.
Учинчи босқич – республика (иккинчи босқич ғолиблари ўртасида) октябрь ойида.
Танлов ўтказишдан кўзланган асосий мақсад қуйидагилардан иборат:
ҳудудларда ижтимоий масалаларни муваффақиятли ҳал этишга қаратилган ташаббусларни қўллаб-қувватлаш ва жамиятда ижтимоий ташаббускорликни ривожлантириш;
ижтимоий ташаббуслар орқали аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламини қўллаб-қувватлаш;
ижтимоий ташаббус ёрдамида ҳудуддаги ижтимоий соҳа муассасалари инфратузилмасини яхшилаш;
мамлакатимизда ижтимоий ташаббускорликка эришиш масалаларига жамоатчилик эътиборини кенг жалб этиш;
ижтимоий ташаббус кўрсатган иштирокчиларнинг илғор тажрибасини аниқлаш, умумлаштириш ва тарғиб қилиш.
Танлов қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:
“Энг яхши ижтимоий ташаббускор давлат органи”
“Энг яхши ижтимоий ташаббускор нодавлат нотижорат ташкилоти”
“Энг яхши ижтимоий ташаббускор тадбиркорлик субъекти”
“Энг яхши ижтимоий ташаббускор фуқаро”
“Энг яхши ижтимоий ташаббускор ҳокимлик” (иккинчи босқичда).
Танловда қатнашмоқчи бўлган иштирокчилар танлов ҳақида эълон қилинган кундан эътиборан 15 кун мобайнида халқ депутатлари туман (шаҳар) Кенгаши котибиятлари номига ариза берадилар.
Танловда қатнашиш истагини билдирган иштирокчилар ўз аризаларига қуйидаги ҳужжатларни илова қилишлари лозим:
- иштирокчилар тўғрисидаги умумий маълумот
- Низомнинг 6-бандига асосан ижтимоий ташаббус доирасида олиб борилган фаолиятига оид материаллар (маълумотлар, ҳисоботлар, баённомалар, дастурлар, лойиҳалар, альбомлар, 15х20 см ўлчамдаги фотосуратлар ва ҳоказолар);
- ижтимоий ташаббусни амалиётга татбиқ этиш бўйича амалга оширилган ишларни акс эттирувчи 5 дақиқадан ошмаган видеоролик (сифати юқори, HDформатида);
- оммавий ахборот воситаларида ижтимоий ташаббусни ёритишга оид чоп этилган мақолалар, телевидение ёки радиодаги чиқишларни асословчи ҳужжатлар.
Иштирокчилар танловга доир бошқа қўшимча материаллар ҳам тақдим этиши мумкин.
Ғолиб деб топилган иштирокчилар I, II, III даражали дипломлар ва ҳамкор ташкилотлар ҳамда ҳомийларнинг эсдалик совғалари билан тақдирланади.
Мурожаат учун телефонлар: 72 492 21 84; 94 57592 80; 93 298 37 67
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika
ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida
NIZOM
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
- Tanlovda ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlagan, jumladan yoshlarni kasb hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etgan tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) qatnashadi.
- Tanlov har yili avgust– oktabr oylarida o‘tkaziladi.
- Tanlov boshlanishidan bir oy oldin ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qilinadi.
- Tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonlar tuman (shahar) hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat va nodavlat tashkilotlari binolarining hamma tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joylariga ilib qo‘yiladi hamda hokimlik hududidagi tashkilotlar o‘rtasida keng targ‘ib qilinadi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati tomonidan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarga hujjatlar topshirish tartibi haqida tushuntiriladi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
- Tanlov o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
- hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashbbuskorlikni rivojlantirish;
- ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash;
- ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash;
- mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish;
- ijtimoiy tashabbus ko‘rsatgan ishtirokchilarning ilg‘or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ‘ib qilish.
3-bob. Tanlov o‘tkazish muddati, tartibi va shartlari
- Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:
birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida avgust oyida;
ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida) sentabr oyida;
uchinchi bosqich – respublika miqyosida(ikkinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida) oktabr oyida.
- Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi”;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” (ikkinchi bosqichdan).
- Birinchi bosqichni tashkil etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tuman (shahar) Kengashlari deputatlari orasidan ishchi guruh raisi va a’zolaridan iborat tarkibda jami 11 kishidan iborat tuman (shahar) ishchi guruhi tuziladi.
Ikkinchi bosqichni tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar KengashlaridaQoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarideputatlari orasidan ishchi guruh raisi va a’zolaridan iborat tarkibda jami 11 kishidan iborat hududiy ishchi guruhi tuziladi.
- Har bir bosqichda g‘oliblar ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.
- G‘oliblarni aniqlashda ishtirokchilarning so‘nggi bir yilda amalga oshirgan ijtimoiy sohadagi tashabbuslari inobatga olinadi.
- 12. Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan Nizom talablari asosida tumanlardan (shaharlardan) ishtirokchi-larning hujjatlari qabul qilib olinadi.
- 13. Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan eng yaxshi ijtimoiy tashabbus ko‘rsatgan ishtirokchilar haqidagi5 daqiqadan oshmagan videolavha hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Ishtirokchilar o‘zlarining ijtimoiy tashabbus yo‘nalishidagi faoliyatini taqdimot orqali himoya qiladi.
G‘oliblarni aniqlashda ishtirokchi-larning ko‘rsatgan tashabbuslari aks etgan hujjatlari hamda amalga oshirilgan ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishilishi mumkin.
- Tuman (shahar) bosqichlarida ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan nomzod haqidagi ma’lumotlar ikkinchi bosqichda ishtirok etishi uchun hududiy ishchi guruhiga taqdim etiladi.
- Hududiy ishchi guruh birinchi bosqichda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarning hujjatlari va amalga oshirgan ijtimoiy tashabbuslari bilan birinchi bosqichdagi tartib bo‘yicha tanishib chiqadi.
- Ikkinchi bosqichda ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nominatsiya bo‘yicha 1 tadan nomzod haqidagi ma’lumotlar “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
- Respublika komissiyasiga taqdim etilgan ma’lumotlar zaruratga qarab joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
- Tanlovning respublika bosqichi Toshkent shahrida tashkil etiladi. Respublika bosqichiga chiqqan har bir nominatsiya bo‘yicha 14 tadan ishtirokchi (har bir hududdan bittadan) ijtimoiy tashabbus doirasida olib borgan namunali faoliyatini ko‘rgazmali tarzda himoya qiladi.
- Respublika bosqichida eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan Nizom talablari asosida tahlil etilib, ular orasidan I, II, III-o‘rinni olganlar aniqlanadi.
- Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boriladi.
4-bob. Tanlovga rahbarlik qilish
- Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha umumiy rahbarlik Oliy Majlis Senati tomonidan amalga oshiriladi.
- Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari adolatli va shaffof o‘tkazilishi tuman (shahar) va hududiy ishchi guruhlari zimmasiga yuklanadi. Respublika bosqichi esa Senatning bevosita ishtiroki va nazorati ostida o‘tkaziladi.
5-bob. Tanlovning Respublika komissiyasi
- Respublika komissiyasi Senat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillaridan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi tarkibi va raisi Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. Respublika komissiyasi tarkibi 9 nafar a’zodan iborat bo‘ladi.
- Respublika komissiyasi a’zolari tanlov jarayonida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
- tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilaridan Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni talab qilish;
- tanlov jarayonida tanlov g‘olibini obyektiv baholash maqsadida ishtirokchilardan qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
tanlov yakunlarini sarhisob qilish va g‘oliblarni aniqlashda o‘z ovozi bilan ishtirok etish.
- Komissiya a’zolari tanlov jarayonida quyidagi majburiyatlarga ega:
- tanlovning respublika bosqichi uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarni o‘rganish;
- tanlov ishtirokchilarini saralashda adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilish.
Respublika komissiyasi a’zolariga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
6-bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish tartibi
- Tanlovda ishtirokchilar yakka holda ishtirok etadi va hujjatlar taqdim etadi.
- 27. Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan ishtirokchilar har yili 1 iyulga qadar tuman (shahar) ishchi guruhi nomiga ariza beradilar.
- Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar o‘z arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:
- ishtirokchilar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot;
- Nizomning 6-bandiga asosan ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (ma’lumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albom, 15x20 sm o‘lchamdagi fotosuratlar va hokazolar);
- ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, HD formatda);
- ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.
Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qo‘shimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
7-bob. Tanlov ishtirokchilarini saralash mezonlari
- 29. Tanlov ishtirokchilarini saralash ishlari birinchi bosqichda tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan, ikkinchi bosqichda hududiy ishchi guruhlar tomonidan, uchinchi bosqichda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
- Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
- Nizomning 6-bandida belgilangan maqsadlarni bajarilganligi;
- aholini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi;
- ijtimoiy soha obyektlariga ko‘rsatilgan ijtimoiy tashabbus natijasida voyaga yetmagan shaxslarning ta’lim olishi, ularning sog‘lig‘ini saqlash sohasida zarur sharoitlar yaratilganligi va keng qamrab olinganligi;
- hududiy birlik doirasida ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga turli toifadagi (jismoniy va yuridik shaxslar) homiylarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarning tashkil etilganligi;
- ishtirokchilarning ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashdagi tajribasini aniqlash va keng targ‘ib qilish, hududlardagi soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi;
ijtimoiy tashabbuskorlikda fuqarolar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni qo‘llaganlik va amalda joriy etganlik darajasi.
8-bob. Ko‘rik-tanlovni moliyalashtirish manbalari
- Tanlov o‘tkazilishining moliyalashtirish shartlari:
tanlovning birinchi bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablag‘lar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan;
ikkinchi bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan;
tanlovning uchinchi – respublika bosqichi uchun talab etiladigan zarur mablag‘lar Respublika komissiyasitarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar hamda homiylar tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi.
9-bob. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
- G‘olib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplomlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hamkor tashkilotlar hamda homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
- Tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilar faoliyatiga oid fotoalbomlar, videolavhalar, hujjatlar (shu jumladan, ularning elektron nusxalari) tegishincha Senatning tegishli qo‘mitasida 3 yil muddatda saqlanadi.
- Mazkur Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan kiritiladi.
скачать dle 12.0