Zarbdor tuman hokimi va tumandagi sektor rahbarlari chet elda migratsiyada yurib, mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qildi
Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev va sektor rahbarlari chet elda migratsiyada yurib mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilishib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganishdi.
Onlayn muloqot davomida tuman hokimi va tumandagi sektor rahbarlari bilan chet elda migratsiyada yurib mehnat qilayotgan 60 ortiq yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqotda migratsiyadagi yoshlarning yashash va oilaviy hamda mehnat qilish sharoitlari tinglandi hamda yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.