O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-3803-sonli ““Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini ko‘krak nishon bilan taqdirlash O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi zimmasiga yuklatilgan.
2018-2023-yillar davomida jami 28 nafar, shundan 15 nafar fermer xo‘jaligi va 13 nafar tomorqa yer egalari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Bugun Zarbdor tumanida 2024-yilda ko‘krak nishonlari berish uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.