Zarbdor tumanidagi mahallalarda sharoitlarni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi va yil yakuniga qadar rejalar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Tadbir boshida tuman hokimi o‘rinbosari R.Anqayev bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarning bandligini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston- 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son farmonida berilgan toshpiriqlarning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, yoshlarning intelektual salohiyatlarini yanada rivojlantirish, ularni moddiy-manaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish va ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Zarbdor tumani bo‘yicha 2024 yilning yanvar-mart oylarida tumanda sanoat mahsulotlari 105,2 foizga (218,5 mlrd. so‘m), qurilish ishlari 107,9 foizga (71,9 mlrd. so‘m), chakana savdo 110,3 foizga (199,3 mlrd. so‘m), xizmat ko‘rsatish hajmi 111,7 foizga (232,7 mlrd. so‘m) bajarilgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 1170,5 ming so‘mga, qurilish ishlari 384,3 ming so‘mga, chakana savdo 1067,6 ming so‘mga, xizmat ko‘rsatish 1246,3 ming so‘mga yetgan. Tumanda 2024 yilning yakuni bo‘yicha 450 nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilish choralari ko‘rilishi belgilangan bo‘lib, 2024 yil
1-choragi davomida 152 nafar aholining bandligi ta’minlangan.
Zarbdor tumanida 2024 yil davomida yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida «Yoshlar bandlik» dasturi ishlab chiqilib tumanda 147 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash belgilab olindi.
Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida 2024- yilning olti oy davomida doimiy ish o‘rinlariga 48 nafar yoshlar band qilindi. 3 nafar yoshlar kasb- hunarga o‘qitildi, 13 nafar yoshlarga 133 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi. Ishsiz yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasida bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 apreldagi «Yoshlarga yer maydonini ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-153-son qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan 700 gektar yer maydonlari 3 mavsum davomida foydalanish uchun (sabzavot ekinlari, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori, dukkakli vamoyli ekinlar, bog‘dorchilik-uzumchilik hamda dorivorchilik) yo‘nalish bo‘yicha 738 nafar yoshlarga ajratib beriladi.
Joriy yilning 1-choragida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha 11.5 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib, Dastur va qo‘shimcha 4 ta loyihalarga asosan 13.3 mln dollar o‘zlashtirilgan. Jumladan, 11 mln. dollar «Zarbdor tekstil» QK, 800 ming. dollar «Mingtepa gidroenergiya»MChJ, 1.5 mln. dollar «Zarbdor gidroenergiya» MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Zarbdor tumaniga 2024 yil I-chorak uchun jami 4 mln. 388 ming dollar shundan, 3 mln. 793 ming dollar sanoat mahsulotlari hamda 595 ming dollar meva- sabzavot eksporti rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4 mln. 429 ming dollar (3 mln. 791 ming dollar sanoat mahsulotlari hamda 596 ming dollar meva-sabzavot) eksporti amalga oshirilib, reja 101 foizga bajarilgan.
Tumanda 1 ta yoshlar sanoat zonasida umumiy qiymati 76 mlrd. 182 mln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 936 ta yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida 62 (65 ta lot) ta yosh tadbirkorlarga 3,4 gektar yer maydonlari ajratilgan. Bugungi kun holatiga jami 62 ta tadbirkordan 57 nafari tomonidan 63.4 mlrd. so‘m loyiha qurilishi bajarilib, maxsulot ishlab chikarish yo‘lga qo‘yilish natijasida 846 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda joriy yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi, har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlash borasidagi vazifalarni qo‘ydi.
Yilning boshidan Zarbdor tumandagi 24 ta mahallalarda 14-30 yosh toifasidagi yoshlar mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida «xonadonbay» xatlovdan o‘tkazilib, har bir yosh bilan alohida individual ish olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida «Yoshlar balansi» shakllantirildi. Yoshlar balansiga 14-30 yoshdagi 22 294 nafari yoshlar kiritildi. Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ijtimoiy holatlarini inobatga olgan holda 3 ta («yashil», «sariq», «qizil») asosiy toifalarga ajratilib, manzilli ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, tuman bo‘yicha 13 873 nafar yoshlar «yashil» toifaga, 8 421 nafar yoshlar «sariq» toifaga hamda 309 nafar yoshlar «qizil» toifaga kiritildi. Xatlovdan o‘tkazilgan 425 nafar yoshlarga «Yoshlar daftari»ga elektron platformasiga kirishga tavsiyalar berildi. «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2024 yilgi mavsumi 18 ta loyiha doirasida yanvar-iyun oylarida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov va musobaqalarga 10-30 yosh toifasidagi 11 952 nafar yoshlarning ishtiroki ta’minlangan.
Aprel-iyun oylarida «Besh tashabbus paralimpiadasi» doirasidagi 4 turdagi sport musobaqalariga 57 nafarga yaqin nogironligi bor bo‘lgan yoshlar qamrab olinishi rejalashtirildi. Hozirgi kunga qadar «Besh tashabbus olimpiadasi»elektron ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar soni 18 200 nafarni (81.6 foizini) tashkil qilmoqda.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining joriy yil 29 yanvardagi yig‘ilishida huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirish va ularni otaliqqa olish tizimini yo‘lga qo‘yish va bu bo‘yicha muhim vazifalar kelishib olingan edi. Topshiriqqa muvofiq, Zarbdor tumandagi 24 ta mahallalardan 8786 nafar yoshlar tegishli 6 ta mas’ul huquq-tartibot va mudofaa organlarining 37 nafar xodimlariga biriktirildi. Otaliqqa olinadigan yoshlar quyidagi 7 ta toifaga ajratilib, ular bilan manzilli tadbirlar amalga oshirildi:
Xatlovlar natijasida 230 nafar «og‘ir» toifa, 118 nafar jinoyatchilikka moyilgi bo‘lgan yoshlar, 160 nafar ishsiz yoshlar, 641 nafar migratsiyadagi yoshlar, 3250 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 965 nafar professional ta’lim hamda 3380 ming oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari ro‘yxatlari shakllantirildi.
Xususan, mudofaa bo‘limi - 6 ta mahallada 1959 nafar yoshlarga, prokuratura - 3 ta mahallada 1047 nafar yoshlarga, favqulodda vaziyatlar bo‘limi - 3 ta mahallada 1145 nafar yoshlarga, ichki ishlar bo‘limi - 7 ta mahallada 2484 nafar yoshlarga, adliya bo‘limi 3 ta mahallada 1388 nafar yoshlarga, Milliy gvardiya - 2 ta mahallada 763 nafar yoshlarga mas’ul bo‘ladi.
Yuqorida nomlari keltirilgan 6 ta mas’ul idora va tashkilotlarning ichki buyruq asosida biriktirilgan xodimlari ishtirokida yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir so‘ngida mahalliy jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar