Zarbdor tumani 1-sektor binosida sektor rahbarlari yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganishdi. Muloqotda yoshlarning yashash, o'qish va oilaviy hamda mehnat qilayotgan korxona va tashkilotlardagi sharoitlar tinglandi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.