Bugun, 7-avgust kuni tuman hokimligida tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimi Zafar Sharopovich Ruziyevga murojaat qilishdi. Unda Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov va tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas’ul vakillar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan davolanish uchun moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvidagi muammolar, shuningdek ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.
Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan shu hafta yakuniga qadar murojaat egasiga va tuman hokimiga yozma ma’lumot taqdim qilish lozimligi belgilandi.