Nishonov Jahongir Qaysarovich - Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Zarbdor tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Zarbdor tumani hokimligi jamoasi nomidan Jahongir Qaysarovichga tumanimiz va yurtimiz rivoji yo‘lida olib boradigan mehnatlariga muvaffaqqiyat, kelgusi ishlariga rivoj hamda doimo yuqori martabalarga erishishini tilab qolamiz.
Nishonov Jahongir Qaysarovich tayinlovga qadar Zarbdor tumani Gʻaznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.