OATB Agrobank Zarbdor tuman filiali binosida bank xodimlari hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi haqida aytib o‘tdi, shuningdek, mazkur Qonunda ko‘rsatilgan vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik, doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchalariga ham ta’rif berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jumladan, mazkur Qonunda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish shartlari va tartibi, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi ma’umotlar ham berildi.
O‘tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berildi.