Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
18 yoshga to‘lmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun javobgarlik kiritildi. Unga ko‘ra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘orda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:
Yuqoridagi shaxslarni do‘pposlash, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda og‘irlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan:
sog‘liqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan ko‘p bo‘lmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan:
- Shuningdek, shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Mazkur jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jizzax viloyat sudining sudyasi
Xudoyarov Shuxrat To'ychiyevich