O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.G‘aniyev rahbarligida 2024-yil 19-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tuman aholisini bahor oylarida ertagi sabzavot mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash, ichki bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash hamda ertagi eksportbop mahsulotlar yetishtirish va eksport hajmlarini oshirish uchun 2024-yil sentabr-oktabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari hamda “to‘qsonbosti” usulida sabzavot ekinlarining yuqori hosilli navlarini qisqa muddatlarda ekish, agrotexnika tadbirlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish maqsadida Zarbdor tumani P.Umirzoqov FXHU hududidagi “Zafar Bexruz dalasi” fermer xo‘jaligida hamda Taraqqiyot MFYda yashovchi fuqaro A.Bo‘kayev xonadonida 2024 yil 28 sentabr kuni seminar o‘tkazildi. Seminarda Viloyat qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi rahbari M.Saloxiddinov, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Zarbdor tuman Kengashi raisi S.Xadjiqulov, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, tomorqadan qo‘shimcha daromad olish va 2025-yil hosili uchun to‘qsonbosti ekish orqali oila daromadiga, qo‘shimcha daromad olish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.