O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
Zarbdor tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Ergashev Muzaffar Mamaraimovich “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi” nominatsiyasi bo‘yicha;
O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Qodirov To‘lqin Yodgorovich “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha;
Qorabekova Buvsora Razakovna “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha;
YaTT Samaeva Xosiyat “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.