“Mehnat qilsang – rohat ko‘rasan”, – deydi dono xalqimiz. Haqiqatan ham, o‘zining tomorqasida mehnat qilib, rohatini ko‘rish insonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Har yili tomorqasida mehnat qilib, natijada mo‘l hosil va daromad olayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.
Zarbdor tumani “Nurafshon” mahallasida yashovchi Bobonov Doston tomorqasida oshqovoq yetishtirib, tomorqadan samarali foydalangan holda oilasi farovonligini ta’minlab kelmoqdalar.