Zarbdor tumanida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDYO bo‘limi tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi, FHDYO bo‘limi, tuman bosh imom xotibi taklif etildi. Mashg‘ulotlarda oilaviy-huquqiy munosabatlar muhokama qilindi, shuningdek, oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rtaga tashlandi. O‘quv jarayonida yosh kelin-kuyovlarga maxsus sertifikatlar berildi.