Zarbdor tumanida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yoqilg'i - energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika Shtabi yig'ilishining 13-son bayoni ijrosi yuzasidan targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Mazkur tadbirlari davomida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlari ko'zdan kechirilib, nostandart gaz yondirgich va qozonlami almashtirish yuzasidan "Zarbdortumangaz" gaz ta'minoti filiali va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va targ'ibot tadbirlari olib borildi.