Zarbdor tumani Toshkesgan MFY hududida fuqaro S.S belgilanmagan joyga turli xil chiqindilarni joylashtirganlik holati aniqlandi. Ushbu holat bo'yicha fuqaroga Zarbdor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima qoʻllanildi.