Zarbdor tuman hokimligi, tuman prokuraturasi tomonidan sohaga ma’sul tashkilot va idoralar bilan birgalikda tuman hokimligida tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida turli faoliyat bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etib, ularning muammolari bilan bog'liq 35 ta murojaatlar tinglandi, qabulda ko'tarilgan masalalarning 11 tasi joyida hal etilib, qolgan murojaatlar o'rganish talab etilganligi sababli ijrosi nazoratga olindi.