Zarbdor tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalallari muhokamasi bo‘yicha o'tkazilgan videoselektr yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar asosida daromadi past oilalarni kambag'allikdan chiqarish choralari ko'rilmoqda.
Bugun tuman hokimi Zafar Ruziyev 1-sektor hududiga qarashli Mustaqillik MFYda daromadi past oilalarning turmush sharoitlari bilan tanishdi.
Xonadonlarga tashriflar chog'ida oilalarning muammolari yuzasidan suhbatlashilib, ularning mavjud imkoniyatlari o'rganilgan holda daromadlarini oshirish, bandligini ta'minlash borasida takliflar berildi va kambaga'allikdan chiqarish choralari kelishib olindi.