Zarbdor tumanidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish borasidagi ishlar olib borilmoqda. Bu borada sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish olib borishmoqda.
Zarbdor tuman hokimi 1-sektor rahbari Zafar Ruziyev, “mahalla yettiligi” a’zolari va mutasaddi tashkilotlar tumandagi Ravot va Navoiy mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini xonadonma-xonadon yurish orqali o‘rganmoqdalar. O‘rganish davomida har bir oila a’zolari bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlari yuzasidan takliflari tinglanmoqda.