Jizzaxda soliq organlari mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
"FAUL FARM" mas‘uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyati dori-darmon vositalarini sotishdan iborat.
Zarbdor tumanida faoliyat olib boruvchi mazkur tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingida “C” toifada bo’lib, 33 ballga ega. Ushbu subyekt yo’l qo’yayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida yaqinda tuman soliq inspeksiyasi mas’ullari ular faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, reytingni yuqori toifaga olib chiqish uchun zarur tavsiyalar berildi.