“Jizzax” telekanali “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvida Zarbdor tumani “Navoiy” MFY “Ilg‘or” ko‘chasi ta’mirtalabligi, aholining mas’ullarga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Zarbdor tuman obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan tumandagi mavjud tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha dastur shakllantirilgan bo‘lib, ushbu ko‘cha dasturga kiritilgan. Budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismidan mazkur ko‘cha 4-chorak yakuniga qadar shag‘allashtirilishi ko‘zda tutilgan. 2022-yildan buyon mamlakatimizda “Mening yo‘lim” dasturi ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu dastur doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish ishlari (asfalt qilishi) faqat ochiq budjet ya’ni “Open budjet” orqali amalga oshirilishi belgilangan.