Har yili yurtimizda 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanadi. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.
Bugun Zarbdor tuman "Bo'ston" tantanalar majmuasida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha rivoji uchun kamarbasta bo‘lgan xodimlardan bir guruhiga tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tadbir avvalida Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan samimiy qutlab, Prezidentimizning bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrigi (https://president.uz/uz/lists/view/7585)ni o‘qib eshittirdi.
Tadbirda o‘qituvchi ustozlarimizga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shu o‘rinda, tumanimizda faol samarali mehnat qilib kelayotgan barcha aziz va mehribon ustozlarga "Hech qachon kam bo‘lmang, umringizdan baraka toping! " deb qolamiz.