Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari Oybek Ashurmatov, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Qilichbek Nurmatov va mahalla yettiligi a’zolari Yangikent MFY hududidagi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganish ishlarini xonadonma-xonadon yurish orqali o‘rgandi.
O‘rganish davomida har bir oila a’zolari bilan suhbat tashkil etilib, ularning qiziqishlari va sohalari bo'yicha ishga joylashtirish hamda dehqonchilik bilan shug'ullanishlari uchun yer ajratish orqali bandligini ta'minlash belgilab olindi.
Xonadonma-xonadon yurish orqali aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar biriktirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.