Joriy yilning 29-oktyabr kuni Zarbdor tuman OATB AGROBANK binosida mahalliy aholi hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentyabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 968-sonli Qonunning va Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suxbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtisodiy sudi raisi X.Madatov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentyabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 968-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Jumladan, ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat byudjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilayotganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari (tadbirkorlik sub’yektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan iborat ekanligi, Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilganligi, qonunda nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari haqida qisqacha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Ma’ruzachi kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustdagi Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 02.02.2017 yildagi PQ-2752-sonli qarori yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.
Mazkur Qaror bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq uning asosiy vazifalari etib:
-korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
-korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
-korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
-korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish etib belgilanganligini ta’kidlab o‘tildi.
O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.