Joriy yilning 24-oktyabr kuni Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati Zarbdor tuman elektr ta’minoti bo‘limi binosida mahalliy aholi hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 iyundagi Qonunning va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov mazkur qonunga ko‘ra, Jumladan, Mazkur qonunga ko‘ra, 371-modda qo‘shilgan bo‘lib, Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.
Yer Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi belgilanganligi haqida qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, davra suxbati ishtirokchilariga yuqoridagi kodekslarga ko‘ra, fuqarolarningning huquq va majburiyatlari haqida ham ma’ruzalar qilib o‘tdi.
O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.